Kitob haqida
Amerikalik yozuvchi Elinor Porter (1868-1920) butun dunyoga "Pollyannaning onasi" sifatida tanilgan. U "jonli sepkilli yuzi" va orqasida ikkita qalin o‘rim sochlari bor yoqimtoy qizaloq obrazini yaratgan. Ammo Pollyannaning mashhur bo‘lishiga uning yoqimtoy tashqi ko‘rinishi emas, balki hamma narsada faqat yaxshi tomonlarni ko‘ra olish qobiliyati sabab bo‘lgan. Tabiiy optimizmi Pollyannaga og‘ir damlarni yengib o‘tishga yordam beradi - onasi va otasi vafot etadi, qizaloq esa o‘zini tutishi qattiq, mehribonlikdan bosh tortadigan xolasining uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Biroq mo‘jizaviy tarzda Pollyannaning qalbi toshbag‘irlashmaydi, aksincha, dunyoga ochilib, atrofni iliqlik, yorug‘lik va bitmas-tuganmas hayotiy energiya bilan yoritadi.
O‘rta maktab yoshi uchun.

