Yangi tug‘ilgan chaqaloq sharafiga yaqinlar, qarindoshlar va mehmonlarga ehson sifatida tarqatish uchun maxsus tayyorlangan elektron tasbehli otkritka. Bu shunchaki sovg‘a emas, balki chaqaloqning dunyoga kelishi munosabati bilan yaqinlarga ulashiladigan chiroyli va esda qolarli xotira.
To‘plamda 2 ta elektron tasbehli otkritka mavjud. Qizaloqlar uchun pushti va oq, o‘g‘il bolalar uchun ko‘k va yashil rangdagi dizayn hamda tasbehlar mavjud. Har bir otkritka chaqaloq mavzusidagi nafis bezaklar bilan tayyorlangan.
Elektron tasbehdagi sanagich zikrlarni qulay hisoblash imkonini beradi. Tasbehning orqa tomoni ham chiroyli va mustahkam o‘rnatilgan, shu sababli mahsulot oldi va orqa tomonidan ham tartibli ko‘rinadi.
O‘lchami: 13,5 × 9,5 sm.
Qog‘ozi: qalin va sifatli 250 g/m² glyansoviy qog‘oz.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq munosabati bilan ehson, sochqi va kichik sovg‘a sifatida yaqinlar va mehmonlarga tarqatish uchun juda mos. Kichik, nafis va mazmunli sovg‘a sifatida iliq taassurot qoldiradi.

