Elektron tasbeh — zikr va tasbehlarni qulay, tez va aniq sanash uchun mo'ljallangan zamonaviy raqamli hisoblagich. Qurilma barmoqqa taqilib ishlatiladi va ixcham o'lchami tufayli kundalik foydalanish uchun juda qulay.
Katta LCD displey hisob natijasini aniq ko'rsatadi, hisob 100 taga yetganda maxsus signal orqali ogohlantirish beradi markaziy tugma esa har bir bosishda hisobni +1 taga oshiradi. RESET tugmasi yordamida hisobni bir necha soniya bosib ushlab turish orqali nolga qaytarish mumkin. Qurilma maksimal 99999gacha sanash imkoniyatiga ega. SXH5136 variantlarida LED yoritish va ma'lum vaqt ishlatilmaganda avtomatik uyqu (sleep) rejimi ham mavjud.
Moslashuvchan silikon halqasi turli barmoq o'lchamlariga mos keladi va uzoq vaqt taqilganda ham noqulaylik tug'dirmaydi. Kam quvvat sarflashi sababli batareya uzoq muddat xizmat qiladi.
Afzalliklari

