O‘lchami: 50×35×30 sm
Elektron kod + kalit
Uy, ofis va ish joyi uchun
Metall korpus
Elektron kod va kalitli metall seyf 50x35x30 sm
Bu sizning pulingiz, hujjatlaringiz va qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz saqlash uchun ishonchli yechimdir. Kompakt o‘lchamlari tufayli u uy, ofis yoki kichik do‘konlarda qulay joylashtiriladi va ko‘p joy egallamaydi.
Ikki xil qulflash tizimi — elektron kodli panel va kalitli qulfi mavjud. Agar elektron panel quvvatsiz qolsa yoki parol unutib qo‘yilsa, seyfni kalit yordamida ochish mumkin. To‘plamga 2 ta kalit qo‘shib beriladi.
Xavfsizlik darajasi yuqori — 3 marta noto‘g‘ri parol kiritilganda signalizatsiya avtomatik yoqilib, sizni ogohlantiradi. Bu funksional imkoniyat sizning buyumlaringizni begona shaxslardan qo‘shimcha himoya qiladi.
Quvvat manbai — seyf oddiy batareya yordamida ishlaydi, elektr tokiga ulangan holda emas. Bu esa uni qulay va mustaqil ishlashini ta’minlaydi.
O‘rnatish imkoniyati — seyfni devorga mahkamlash uchun to‘plamda 2 ta anker mavjud. Shu orqali uni o‘g‘irlab ketish imkoniyati kamayadi va mustahkamligi oshadi.
Qo‘llanilishi — hujjatlar, pul, zargarlik buyumlari va kichik qimmatbaho narsalarni ishonchli saqlash uchun mo‘ljallangan. Uy sharoitida ham, ofis yoki do‘konlarda ham bemalol foydalanish mumkin.
Afzalliklari:
• Ixcham va metall korpusli
• Elektron kod + kalitli himoya
• Signalizatsiya funksiyasi
• Batareya bilan ishlaydi
• Devorga mahkamlash imkoniyati

