ROMADA К04 GBT AC 3.5 кВт (16А) — Elektromobilingiz uchun aqlli quvvatlash ekotizimi!
Endi ulagichlar (razyeomlar) mos kelmasligi, kuchsiz simlar yoki O‘zbekiston yo‘llarida kerakli stansiyani qidirish muammolari bo‘lmaydi. ROMADA brendi mutlaqo barcha turdagi elektromobillar (Xitoy, Koreya, Yevropa hamda Amerika modellari) egalari uchun tayyor premium-klass yechimlarini taklif etadi!
Bizning flagman assortimentimiz:
Aqlli quvvatlagich ROMADA K04 (16A): Tok kuchini 8A dan 16A gacha sozlash imkoniyatiga ega afsonaviy xonadon quvvatlagichi. Quvvatni birgina tugma orqali sozlang! Barcha jahon standartlari (GB/T, Type 2, Type 1, NACS) uchun ishlab chiqariladi va 11 darajali aqlli himoya tizimi bilan jihozlangan.
Ko‘chma (portativ) qurilmalar (1.5 kW - 3.5 kW): Kuchlanish o‘zgarishi va qizib ketishdan to‘liq himoyalangan, uy va safarlar uchun ishonchli, tezkor hamda xavfsiz stansiyalar.
Nima uchun aynan ROMADA’ni tanlashadi?
Mutloq xavfsizlik: O‘rnatilgan smart-chiplar haroratni nazorat qiladi, qisqa tutashuvlar, tok sizib chiqishi va elektr tarmog‘idagi uzilishlardan himoya qiladi.
Premium-sifat: Kuchaytirilgan mis kontaktlar — hech narsa erimaydi va qizib ketmaydi.
Halol xarakteristikalar: Barcha texnikalar ko‘rsatilgan quvvatni 100% beradi.
ROMADA — bu sizning qulayligingiz, yo‘ldagi ishonchingiz va elektromobilingizning yuz foizlik xavfsizligidir!
Mashinangizning maksimal xavfsizligi (Ko‘p darajali himoya tizimi)
ROMADA quvvatlash qurilmalari aqlli nazorat tizimi bilan jihozlangan. Avtomobilingiz va xonadoningiz elektr simlari 100% quyidagilardan himoyalangan:
Ushbu aqlli tizim nimaga javob beradi:
Qizib ketishdan himoya — kabel va blok har doim xavfsiz haroratda saqlanadi.
Tok sizib chiqishidan himoya — elektr toki urishi xavfi mutlaqo yo‘q.
Yuqori kuchlanishdan himoya — tarmoqdagi keskin kuchlanish o‘zgarishlaridan saqlaydi.
Haddan tashqari tok yuklamasidan himoya — xonadoningiz elektr simlarini asraydi.
Qisqa tutashuvdan himoya — avariya holatini bir lahzada bloklaydi.
Chang va yomg‘irdan himoya — ko‘chada ham bemalol quvvatlash mumkin.
Yashindan (chaqmoqdan) himoya — kuchli momaqaldiroq paytida xavfsizlikni ta’minlaydi.
Past kuchlanishdan himoya — tarmoqda chiroq "pasayib" ketganda ham stansiya kuymaydi.
Olovga chidamli materiallar — korpus yonmaydigan materiallardan tayyorlangan.
Avtomatik o‘chish — batareya 100% quvvatlangandan so‘ng elektr uzatishni aqlli o‘chirish.
Pistoletning o‘g‘rilikka qarshi qulfi — hech qanday begona shaxs kabelni mashinangizdan sug‘urib ololmaydi.
Quvvatni sozlash: 1.5 kWt dan 3.5 kWt gacha (8 Amperdan 16 Ampergacha). Siz kerakli rejimni birgina tugma orqali o‘zingiz tanlashingiz mumkin!
2 490 000 so'm
Yetkazish
Ertaga
Topshirish punktlariga yoki kuryer orqali
Olganda qoldirish mumkin
Bu bepul. Shunchaki tovar ko‘rinishini, qadoqni va yorliqlarni saqlab qo‘ying
Qaytarish va kafolat
Har qanday sababga ko‘ra qaytarish uchun 10 kun borFikringiz o‘zgarsa, tovarni Uzum Market topshirish punktiga olib keling. Tovarning sotuvga yaroqli ko‘rinishni va qadoqni saqlab qo‘ying
1 oylik kafolatAgar tovar bilan muammo yuzaga kelsa, pulini qaytaramiz