• Yuqori sfat va korinish
Profi Tec uzaytirgichlari — uy, ofis va ish joylarida maishiy hamda elektron qurilmalarni ulash uchun ishonchli va xavfsiz yechimdir. Mahsulotlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilib, uzoq muddat xizmat qilish va barqaror ishlashni ta’minlaydi.
Uzaytirgich korpusi mustahkam va yonishga chidamli plastikdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori harorat va mexanik ta’sirlarga bardosh beradi. Ichki kontaktlari sifatli misdan ishlab chiqarilgan, bu esa elektr tokini barqaror uzatish va yuqori yuklamalarga chidamlilikni kafolatlaydi.
Mahsulotlar turli xil variantlarda mavjud: rozetkalar soni, kabel uzunligi va o‘chirish/yoqish tugmasi mavjudligi bilan farqlanadi. Yerga ulanish (zazemleniye) funksiyasi qurilmalarni qo‘shimcha himoya qiladi, indikatorli tugma esa barcha ulangan jihozlarni tezda o‘chirish imkonini beradi.
Profi Tec uzaytirgichlari maishiy texnika, kompyuterlar, ofis jihozlari va boshqa elektr qurilmalarini xavfsiz va barqaror ulash uchun ideal tanlovdir.

