Qo'lda ushlab o'tirish shart emas! Aparatni lifchik ichiga qo'yasiz, tugmani bosasiz — qolganini o'zi qiladi. Shu payt chaqalog'ingizni ko'tarib tursangiz ham, choy ichsangiz ham, ishlasangiz ham bo'laveradi.
Nega onalar shuni tanlashyapti:
✅ Qo'llaringiz bo'sh — simi yo'q, butilka osilib turmaydi, hammasi lifchik ichida
✅ Og'ritmaydi — yumshoq silikon, xuddi chaqaloq emgandek muloyim tortadi
✅ Ovozi juda past, 45 dB gacha — bola uxlab yotsa ham bemalol sog'asiz, uyg'onib ketmaydi
✅ Kiyim tagidan deyarli bilinmaydi — uyda odam ko'p bo'lsa ham, ishda ham noqulay bo'lmaysiz
✅ Ko'krakni to'liq bo'shatadi — massaj rejimi to'lib qotgan ko'krakni yumshatadi, sut tiqilib qolmaydi
✅ Tez — odatda 15 daqiqa atrofida yetadi
✅ Bir tomchi ham oqmaydi — 3 bosqichli himoya
✅ Yuvish oson — detali kam, sterilizatsiya qilsa bo'ladi (motordan tashqari)
✅ Ekrani bor — kechasi ham qaysi rejim, qaysi daraja ekanini ko'rasiz
3 ta rejim × 10 daraja = 30 xil sozlama
1️⃣ Massaj — sutni tezroq keltiradi
2️⃣ Sog'ish — muloyim, lekin kuchli tortadi
3️⃣ Aralash (bionik) — massaj + sog'ish, xuddi bola emgandek
Pastki darajadan boshlang, keyin o'zingizga qulayini topib olasiz.
Nega oqmaydi
- Silikon membrana — sut motorga o'tmaydi
- Qoplama ko'krakka aylanasiga zich yopishadi
- Klapan sutni faqat pastga, idishga o'tkazadi
Qanday ishlatiladi
1. Detallarni yig'ing — 1–2 daqiqa ketadi
2. Lifchik ichiga qo'ying, ko'krak uchi voronkaning o'rtasida tursin
3. Yoqing, rejim va kuchini tanlang
4. Sutni idishdan butilka yoki paketga quyib oling. Idishdagi shkala qancha sog'ganingizni ko'rsatadi
30 daqiqadan keyin o'zi o'chadi.
To'plamda: motor bloki, ko'krak qoplamasi, shkalali sut idishi, voronka-vstavka, ulagich, klapan, quvvatlash uchun USB kabel, lifchik uzaytirgichi.
Bilib qo'ying:
- Narx 1 dona uchun. Ikkala ko'krakni birdan, 2 barobar tez sog'moqchi bo'lsangiz — 2 ta oling.
- Birinchi marta ishlatishdan oldin detallarni yuvib, sterilizatsiya qiling.
- Rangi — oq.
Ishga chiqayotgan, kechalari uyg'onib charchagan yoki ko'kragi tez-tez to'lib ketadigan emizikli onalar uchun ayni muddao. Qo'lda ushlanadigan molokososdan ancha qulay.

