• -Tezkor elektr suv isitish krani va kam energiya sarfi
• -Oson o'rnatish va qulay boshqaruv
• -3-5 soniyada qiziy boshlaydi, 30-60° haroratda ishlaydi, katta qozonlar kerak emas
• -Mutloq xavfsizlik, suv oqimi o'chirgichi, elektr tokining suv quvvati uzilishini va yoqishni ta'minlash uchun
• -Suv o'tkazmaydigan darajasi IPX4
• -Foydalanish suv bosimi: 0,04-0,5MPa
• -Ixcham dizayn: kichik o'lchamlari tufayli har qanday sharoitda foydalanish qulay
• -Qulaylik va xavfsizlik: suv harorati oson boshqariladi, qizib ketishga qarshi himoya va qo'shaloq rakovinalar uchun ham mos
• -Nominal quvvati: 220 V
• -Nominal quvvat: 3 kVt
-Ariston elektr suv isitgichi (mikser)
Qoʻllanma
Ariston elektr suv isitgichi – bu suvni bevosita kranda qizdiradigan zamonaviy va ixcham yechim.
-Asosiy xususiyatlari:
Suvni tezda isitish imkoniyati;
Suvni 3-5 soniya ichida qizdira boshlaydi. Bundan ko'rinadiki bir zumda siz issiq suvga ega bo'lasiz, boshqa suv qozonlari kabi kutishga hojat yo‘q.
-Mustahkam korpus va uzoq muddatli xizmat:
Isitgich issiqqa chidamli plastikdan ishlab chiqarilgan va keramika isitgich elementi bilan jihozlangan. Bu uning uzoq muddatli ishlashini ta’minlaydi: korpus 10 yil va undan ortiq muddatda xizmat qiladi (foydalanish holatiga qarab undan ko'p ham), elektr kontaktlariga ziyon yetgan taqdirda, uni oson almashtirish mumkin. Isitgich esa 5000 soat uzluksiz ishlashga qodir.
-Qizib ketishga qarshi himoya:
Isitgich ortiqcha qizib ketishdan himoyalangan. Agar murvat ko'rsatgichi issiq suv chiqarish tomonda qolsa, bu haddan tashqari qizib ketishga olib kelishi mumkin. Qurilmani o‘chirayotganda har doim murvatning issiq suv chiqarish tomonda qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Isitish qismi suv quvuridan 10 sm uzoqlikda joylashgan, shuning uchun quvurlar qizimaydi, suv bevosita kranda qiziydi.
-Vaqt va elektr energiyasini tejash:
Suv qozonlaridan afzalligi bu qurilma ishlatilayotgan paytda suvni qizdiradi. Maksimal quvvat 3 kVt ni tashkil qiladi, bu elektr energiyasi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
-Suv haroratini boshqarish:
Siz suv haroratini 30°dan 60°gacha osongina boshqarishingiz mumkin. Aralashtirgich qulay boshqaruv tizimiga ega, bu esa ehtiyojlaringizga qarab kerakli haroratni tanlash imkonini beradi.
-Qulay foydalanish:
Aralashtirgichni burish mumkin, bu esa qo‘shaloq rakovinalar yoki katta idishlar bilan ishlayotganda qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Qurilmani yoqishingiz bilan suv qiziydi, vaqt ko'p sarflanmaydi.
-Muhim ko'rsatmalar:
Suvsiz ishlatish mumkin emas;
Isitgichni suvsiz ishlatish uni buzib qo‘yishi mumkin! Har doim murvat sovuq suv tomonda ekanligiga ishonch hosil qiling.
-Suvni yoqish va o‘chirish:
Aralashtirgichdan foydalanayotganda, murvatni avval sovuq suv tomonda ushlab, keyin asta-sekin isitish tomoniga o‘tkazing. Bu to‘satdan harorat oshib ketishining oldini oladi.
Suvni o‘chirayotganda, Aralashtirgich murvati isitish ko'rsatgichi tomonda qolmaganiga ishonch hosil qiling, aks holda qurilma zarar ko‘rishi mumkin.



