Sofaner SF-8816 elektr choynak — kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan, 2 litr sig‘imli va 2200 W quvvatga ega elektr suv qaynatgich. Katta hajmi tufayli bir vaqtning o‘zida oila yoki mehmonlar uchun yetarli miqdorda suv qaynatish imkonini beradi.
Choynak zamonaviy va ixcham dizaynga ega. 360° aylanuvchi taglik choynakni istalgan tomondan qulay joylashtirish imkonini beradi. Tutqichi ushlash uchun qulay shaklda ishlangan. 2 litrli sig‘imi choy, qahva va boshqa issiq ichimliklar tayyorlashda juda qo‘l keladi.
Oq, qora, och yashil, to‘q ko‘k,qaymoq rangrangdagi nafis korpus oshxona interyeriga mos tushadi. Uyda, ofisda, ishxonada va kundalik foydalanish uchun mos.

