Turkiyada ishlab chiqarilgan nafis qora ko‘ylak. Ustki qismi yumshoq eko-charmdan tayyorlangan bo‘lib, klassik yoqa va old qismidagi dekorativ fermuar bilan bezatilgan. Bu ko‘ylakka zamonaviy va jozibali ko‘rinish beradi. Pastki qismi esa ko‘p qatlamli yengil shifondan ishlangan bo‘lib, harakat paytida chiroyli oqim hosil qiladi. Bel qismini chiroyli ko‘rsatadi va kiyishda qulaylik beradi. Kechki tadbirlar, bayramlar va maxsus kunlar uchun juda mos.

