EKEL Green Tea 4 in 1 Sun Cream SPF50+ PA+++ — Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy quyoshdan himoya qiluvchi krem. SPF50+ va PA+++ darajasi tufayli terini UVA va UVB nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.

Tarkibidagi Green Tea (yashil choy) ekstrakti terini tinchlantirishga, namligini saqlashga va antioksidant himoya berishga yordam beradi. Yengil teksturasi tez singadi, yog’li va yopishqoq his qoldirmaydi. Kundalik foydalanish hamda makiyaj ostiga surtish uchun mos.

