• Qurulma turi - soch uchun dazmol
• Quvvatlanish - tarmoq orqali
• Dvigatel - Dyson Hyperdymium™
• Harorat rejimlari soni - 4 (sovuq havo, 80°C, 110°C, 140°C)
• Tezlik rejimlari soni - 2
• Ionizatsiya - mavjud emas
• Korpus materiali - issiqqa chidamli plastik
• Qo'shimcha funksiyalar - Dry hamda Wet rejimlari
• Quvvati - 1600 Vt
Dyson Airstrait HT01

— bu yangi avlod soch tekislagichi bo‘lib, u sochlarni issiq metall plastinalarsiz tekislaydi. Oddiy “utyujok”lardan farqli ravishda, ushbu model yuqori bosimli yo‘naltirilgan havo oqimi yordamida bir vaqtning o‘zida sochni quritadi va tekislaydi. Bu esa sochlarning kuyishi va shikastlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Intellektual harorat nazorati tizimi sekundiga 30 martagacha haroratni o‘lchab, ortiqcha qizib ketishning oldini oladi. Natijada sochlar tabiiy namligini saqlab qoladi, yaltiroq va silliq bo‘lib qoladi.
Qurilma kuchli Dyson Hyperdymium™ raqamli motor bilan jihozlangan bo‘lib, u 106 000 aylanish/daqiqagacha tezlikda ishlaydi va bir tekis havo oqimini hosil qiladi. Qurilma nam va quruq sochlarda ishlatilishi mumkin.

Issiq plastinalarsiz tekislash
Bir vaqtning o‘zida quritish va shakl berish
Sochga kamroq zarar
Tuklanish va elektrlanishni kamaytiradi
Kundalik foydalanish uchun mos

