DENIZ MOTOR CLEANER (1 LITR) — Dvigatellarni professional tozalash uchun zamonaviy yechim!
Avtomobilingiz dvigateli ostida toplanib qolgan moy, yog' va kir qatlamlaridan xalos bo'lishni xohlaysizmi? Deniz Motor Cleaner (Avtomobil parvarishi) — dvigatel va uning atrofidagi barcha detallarni professional darajada tozalash uchun yaratilgan kuchli va xavfsiz vositadir.
Nima uchun DENIZ Dvigatel tozalagichni tanlash kerak?
- Maksimal darajadagi tozalik: Maxsus "Powerful Degreaser" formulasi eng og'ir moy va yoqilg'i qoldiqlarini hamda qotib qolgan kirlarni bir necha daqiqada sifatli eritadi.
- Dvigatel ishini yaxshilaydi: Toza dvigatel issiqlikni yaxshiroq tarqatadi, bu esa dvigatelning barqaror ishlashiga, quvvatini saqlashga hamda yoqilg'i tejamkorligini oshirishga yordam beradi.
- Detallar uchun xavfsiz: Dvigatel qismlariga (rezina, plastik, metal bor shlang va simlarga) zarar yetkazmaydi.
- Universal qo'llanilishi: Yengil avtomobillar, yuk mashinalari va qishloq xo'jaligi texnikalarining barcha turdagi dvigatellari uchun birdek mos keladi.
- Tejamkor 1L hajm: Quyuq va kuchli formulasi sababli bir nechta tozalash sikllariga bemalol yetadi.
Qo'llash usuli:
- Dvigatelni o'chiring va uning to'liq sovushini kutib turing.
- Vositani dvigatelning ifloslangan yuzalariga teng ravishda purkang.
- 3–5 daqiqa kutib turing (vosita kirlarni eritishi uchun).
- Kuchli suv oqimi bilan yuvib tashlang va dvigatelni quritib oling.