Amerikalik bestseller asarlar muallifi Og Mandinoning "Dunyoning eng buyuk muvaffaqiyati" asari qahramoni Zakxey: "Saxiy bo‘ling. Xayrixohlik bilan gapiring. Bag‘rikeng bo‘ling, boylik atrofingizdagilarning har biriga yetib borsin. Davlatingizni xalqqa ulashing, dunyoni tark etayotganingizda, yuk bo‘lib yelkangizdan bosib turmasin", degan g‘oya bilan yashovchi donishmand inson. U butun umrini ezgulikka, xayr-saxovat qilishga bag‘ishlagan. Zakxey yozgan muvaffaqiyatga erishishning to‘qqizta qoidasi oradan shuncha yillar o‘tishiga qaramay o‘z kuchini yo‘qotmay kelyapti. Bu dunyoning eng buyuk muvaffiyati kitobi haqida.
Og Mandino o‘zining “Tanlov” asarida nekbinlik bilan har bir odamning doim tanlash imkoniyati mavjudligini ta’kidlaydi. Kimki o‘ziga achinib, qashshoqlik va nodonlikda umr kechirib, hayotini o‘zgartirishga harakat qilmas ekan, tanlash imkoniyatini ko‘rmasdan o‘tib ketishi mumkin. Og Mandino har bir kishiga imkoniyat beradi. Uning ilhomlantiruvchi maslahatlariga amal qilgan omadsiz odam ham taqdir hukmini o‘zgartirib, muvaffaqiyat cho‘qqisiga chiqishi va baxtga erishishi mumkin. Tanlov kitobi haqida.

