Haqiqatan ham tub burilish yasovchi biror narsa ixtiro qilish va millionlab insonlar hayotini yaxshilashni orzu qilasizmi? Muvaffaqiyat sirini kashf eting! Ushbu ensiklopediya biz bilgan bugungi dunyo qiyofasini shakllantirgan yigirma nafar mashhur olim, tadqiqotchi va innovatorlar haqida hikoya qiladi. Unda ushbu taniqli shaxslarning hayot yo‘li — muvaffaqiyat va qiyinchiliklarga, shuningdek, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lidagi sobit intilishga to‘la ajoyib voqealar bayon etilgan.

