Ushbu kitob tarixda faoliyati umumiy taraqqiyot va ma’rifatga xizmat qilgan 20 ta eng mashhur shaxs haqida hikoya qiladi. Qaysi qadimiy olim hammomga tashrif buyurganida eng muhim kashfiyotni amalga oshirgan? Insoniyatni doimiy epidemiyalardan davolab, emlash asoslarini yaratgan kim? Qaysi me’morning yettita binosi YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan? Entsiklopediya mashhur ixtirochilar, davlat islohotchilari, tabiatshunos olimlar, san’at arboblari haqidagi ushbu va boshqa ko‘plab savollarga javob beradi.

