Ushbu kitob ulg‘ayib, mashhur olima, tadqiqotchi va san’atkorlarga aylangan — nomlari insoniyat tarixidan munosib va abadiy o‘rin olgan yigirma nafar qizning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi. Qaysi paleontolog qiz hali bolaligidayoq dunyoda birinchi bo‘lib ixtiozavr skeletini topgan? Qaysi kino yulduzi Wi-Fi texnologiyasining yaratilishiga zamin yaratgan? Qaysi tadqiqotchi ikki karra Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan? Ushbu ensiklopediya ana shu savollarga va dunyoni o‘zgartirgan favqulodda qobiliyatli qizlar haqidagi boshqa ko‘plab savollarga javob beradi.

