Ushbu qo‘llanma-maʼlumotnoma yoshlarning ommabop va muxtasar bilimlarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi. Qo‘llanma o‘qituvchilar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari, abituriyentlar, turli kasb egalari va barcha bilimga qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanmani yaratilishiga (2000-yil) professor A.P.Parpiyevning g‘oyasi asos bo‘lgan.
Qo‘llanmani ushbu nashrini tayyorlashda mamlakatimizning turli go‘shalaridan taklif va istaklar bilan murojaat qilganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ushbu kitobning 16-nashriga 244 o‘zgartirish, to‘ldirish isloh qilish, aniqlik kiritish, yangilash amalga oshirildi.
Barcha maʼlumotlar rasmiy manbalarga asoslangan. Kitobning adadi (tiraji) o‘zgarishi bilan maʼlumotlar isloh qilinadi va yangilanib boriladi.

