Qorong‘ulik va noma’lumlikda uzoq vaqt sarson-sargardonlikdan so‘ng, sizga kerak bo‘lgan yagona narsa — shinam kafega kirib, stol tanlash va menyuni ochishdir. Bosh qahramon Jon bilan birga siz qisqa, ammo ajoyib kashfiyotlarga to‘la yo‘lni — o‘zingizga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tasiz. Har birimiz zamonaviy dunyoning shovqin-suroni va tashvishlari orasida hech bo‘lmaganda bir marta to‘xtab, "Men nima uchun bu yerdaman?" degan asosiy savolga javob berishimiz zarur. Haqiqatan ham nima muhimligini tushunish, kelajak tumanida hayotingiz maqsadini ko‘rish va har kuni o‘zingizni baxtli his qilib, unga tomon harakat qilish. Bu kitob - 30 tilga tarjima qilingan jahon bestselleri bo‘lib, sizni bugun faqat orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga ilhomlantiradi.

