• O‘lchami: 180x250
• Formati: B5
• Tili: O‘zbek
• Muqovasi: Yumshoq
• Betlar soni: 277
• Auditoriya: Yangi boshlovchi va tajribali tadbirkorlar, rahbarlar, biznesga qiziquvchilar uchun
• Janr: Biznes, tadbirkorlik, amaliy maslahatlar
• Chop etilgan yili: 2026
• Muallif: Russell Brunsonn
"Dotcom Sirlari" — Russell Brunsoning internet marketing va online biznes sohasidagi eng muhim asarlaridan biri. Kitob o'quvchini oddiy tushunchalardan boshlab, murakkab savdo strategiyalarigacha bosqichma-bosqich olib boradi.
Muallif bu asarda o'zining yillar davomida to'plagan tajribasini ochiq bayon etadi. Sales funnel — ya'ni savdo voronkasi tushunchasi kitobning asosiy o'zagini tashkil etadi. Brunson har qanday mahsulot yoki xizmatni internetda sotish uchun aniq va tushunarli yo'l xaritasini taklif etadi.
Kitobda "Value Ladder" — qiymat narvoni tushunchasi alohida muhim o'rin tutadi. Bu orqali biznes egasi mijozni asta-sekin arzon mahsulotdan qimmatroq va qimmatli xizmatlarga yo'naltirishi mumkin. Bundan tashqari, ideal mijozni aniqlash, to'g'ri traffic jalb qilish va samarali reklama strategiyalari ham batafsil yoritilgan.
"Dotcom Sirlari" — nafaqat marketing mutaxassislari, balki o'z biznesini internet orqali rivojlantirmoqchi bo'lgan har bir kishi uchun amaliy va ilhomli qo'llanma.

