• O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish - 224 bet
• Yangi asr avlodi nashriyotii
• Yumshoq muqova Kirill yozuvida
• Do'st orttirish - Betlari soni - 272
• Mansab pillapoyalari 272 bet
• Bezovtalikdan xalos bo'lish - 232 bet
• Deyl Karnegi, Napoleon Xill: Shunday suhbatlashingki, sizni eshitishsin, tinglashsin va quloq solishsin - 270 bet
• Oilada baxtga erishish yo‘llari - 240 bet
• Do'stlar topish, o'zgalarda xush taassurot qoldirish - 320 bet
• Qanday qilib do‘st orttirish - 352 bet
Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish xususida
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida e'tibor qaratadi. Insonlarning o'zaro muomala madaniyati, o'zni tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro'-e'tibor topish mumkinligini ta'kidlaydi. Shuningdek, o'z-o'ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlashning turli yo'llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi ma'ruza o'qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarni tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, echimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi an'anasiga ko'ra, misollar tariqasida keltiriladi.
Bezovtalikdan xalos bulish
Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o'ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o'zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o'y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to'shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo'lishning echimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o'qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz. Dunyoga mashhur ruhshunos Deyl Karnegi qoldirgan bebaho meros sizni yangi marralar sari undaydi, degan umiddamiz. Kitobda bezovtalikning omillari, echimi barobarida turfa insonlar hayotidagi turli holatlar misol tariqasida keltiriladi. O'qing, uqing, qo'llang. Ana shunda hayotingizda yangi sahifalar ochilganiga amin bo'lasiz.
Kitobni keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.

