


Sizning mukammal va tabiiy ko'rinishingiz uchun mo'ljallangan puchkavo'y kipriklar to'plami. Ushbu kiprik nabo'r uy sharoitida professional darajadagi makiyaj qilish uchun ajoyib tanlovdir. To'plam tarkibiga dastali ulama kipriklar, 2 in 1 formatidagi maxsus kley (yelim) va muhrovchi (seal) va pinset kiritilgan bo'lib, ular ulama kipriklarning kun bo'yi mustahkam turishini ta'minlaydi.
Puchkavoy, dasta va lenta kipriklar uchun birdek mos keladigan ushbu nabo'r yengil va yumshoq tuzilishga ega. Kipriklar ko'zga og'irlik qilmaydi, tabiiy ko'rinadi hamda suvga va terga chidamli xususiyatga ega. Har qanday kundalik pardoz yoki bayramona obraz uchun ideal yechim. Safarda va uydan chiqmasdan turib go'zallik salonidek natijaga erishish endi juda oson.

