



Oshxonangiz va uy-ro'zg'or ishlaringizda tartib o'rnatishning eng qulay yechimi! Ushbu Fresh Box plastik konteyneri don, yorma va boshqa sochiluvchan mahsulotlarni uzoq vaqt yangi va quruq holda saqlash uchun maxsus yaratilgan. Shaffof korpus va o'lchov shkalasi idish ichidagi mahsulot miqdorini doimiy nazorat qilib turish imkonini beradi.
Mahsulotning asosiy afzalliklari:
100% germetik himoya: Qopqog'idagi maxsus rezina zichlagich va mustahkam qulflar (zashyolka) havo, namlik, begona hidlar hamda hasharotlar kirishidan ishonchli himoya qiladi.
O'lchov stakani va dozator: Qopqoqning ustki qismi shaffof o'lchov stakani vazifasini bajaradi va burab yopiladi. Keng quyish teshigi orqali don va yormalarni to'kmasdan oson quyish mumkin.
Qulay ergonomik dizayn: Qopqoqdagi yig'iluvchi tutqich va idish yonidagi chuqurchalar konteynerni bir qo'lda ham sirpantirmasdan ko'tarishga yordam beradi.
Ko'p funksiyali: Guruch, grechka, makaron, un, shakar, qahva, quruq nonushtalar, shuningdek uy hayvonlari yemi yoki kir yuvish kukunlarini (poroshok) saqlash uchun juda qulay.
Xavfsiz material: Yuqori sifatli, hidsiz va mustahkam oziq-ovqat plastikidan tayyorlangan.

