«...Bir oy davomida ovqatlanmasligingiz, soat oltidan keyin taomdan tiyilib turishingiz, go‘shtni kartoshka bilan iste’mol qilishdan, shuningdek, xamirli taomlar, shokolad va tuzdan voz kechishingiz, ko‘proq suyuqlik ichishingiz yoki faqat qizil (yoxud, aksincha, faqat yashil) rangdagi mahsulotlarni yeyishingiz mumkin. Muxtasar aytganda, parhezlar yordamida o‘zingizni qiynashning sanoqsiz usullari mavjud. Biroq, ularning hech biri — xoh bir oy, xoh o‘n yildan keyin bo‘lsin — sizga ajoyib ko‘rinishga erishishda yordam bermaydi!..» Bu so‘zlar kitob muallifi — tajribali psixoterapevt va butun Rossiyada mashhur bo‘lgan «Doktor Bormental» ozish klinikasining mutaxassisi tomonidan aytilgan.
Qomatning yillar davomida kelishgan bo‘lib qolishini ta’minlaydigan boshqacha yo‘l ham bor! Bu yo‘l azob-uqubatlardan va nafratdan — xoh o‘zingizga, xoh muzlatgichga nisbatan bo‘lsin — xoli bo‘lgan yo‘ldir!

