"Yozish asoslari", "O‘qish asoslari" va "Sanash asoslari" — bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda yordam berish uchun mo‘ljallangan yangi kitoblar turkumi. Ushbu kitoblar, avvalo, farzandiga e’tiborli ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Uy sharoitida o‘tkaziladigan va o‘qish tezligini oshirish, husnixatni yaxshilash hamda hisoblash bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar bolalarning maktabdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi.

