• Turi: Parfumlangan suv (Eau de Parfum)
• Hajmi: 100 ml
• Mavsum: Bahor, Yoz
Dirham liniyasi — nafislik va sharqona jozibaning mukammal uyg‘unligi. Bu atirlar juda yoqimli, bezovta qilmaydigan, ammo esda qoladigan hidga ega.
Klassik Dirham — toza, fresh va biroz sitrusli yo‘nalishda bo‘lib, erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham mos (unisex). Juda universal va kundalik foydalanish uchun ideal.
Dirham Wardi — yanada yumshoq, romantik va gulli hid. Ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muloyim va jozibali aura beradi.
Dirham Gold — boyroq, iliq va biroz shirin sharqona hidga ega. Erkaklar uchun mosroq, o‘ziga ishongan va jiddiy obraz yaratadi.
Bu kolleksiya ishga, o‘qishga, uchrashuvlarga yoki kechki sayrlarga mos keladi. Bahor, kuz va qishda ayniqsa chiroyli ochiladi, lekin yengil variantlari yozda ham bemalol ishlatiladi.

