Dior naqshli ushbu ipak ro‘mol nafis va zamonaviy ko‘rinishga ega. Jigarrang rang va klassik naqshlar ro‘molni turli xil kiyimlar bilan oson uyg‘unlashtirish imkonini beradi.
Ipak matosi silliq, mayin va yoqimli bo‘lib, qulay taqiladi. Ro‘molni boshga, bo‘yinga yoki aksessuar sifatida turli usullarda bog‘lash mumkin. Kundalik foydalanish, ish, sayr, uchrashuv va bayramona obrazlar uchun mos.

