• Namlikka chidamli – Yuviladigan, ya’ni suv va namlikdan qo‘rqmaydigan oboylar hisoblanadi. Nam mato bilan artish mumkin.
• Keng tanlov – Rangi, naqshi va uslubi turlicha: klassik, zamonaviy, neoklassik, loft va boshqalar.
• Qalin va zich tuzilma – Qalinligi tufayli devordagi mayda yoriqlar va kamchiliklarni yopib yuboradi.
• Sirtida yorqin naqshlar, kristall effektli bezaklar yoki 3D elementlar bo‘lishi mumkin. Ular interyerni boyitadi va ko‘zga chiroyli ko‘rinadi.
• O‘rnatish oson – Flizelin asosida bo‘lgani uchun oboyga emas, devorga elim surtiladi. Bu esa ishlov berishni yengillashtiradi.
• Issiqlik va shovqinni ushlovchi – Qoplamaning qalinligi tufayli issiqlikni saqlash va shovqinni pasaytirish xususiyati bor.
• Ekologik xavfsiz – Tarkibida inson salomatligiga zararli modda yo‘q, bolalar xonasi uchun ham mos.
• material – Diamond oboylari ko‘pincha flizelin asosida ishlab chiqariladi, bu esa mustahkamlik va uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.





