Aleks Stern Yel universitetining boshqa birinchi kurs talabalariga o‘xshamaydi. U Los-Anjelesning chekka tumanlarida o‘sgan, maktabni erta tashlab ketgan, yomon yigitlar bilan do‘stlashgan va tasodifiy daromad bilan kun kechirgan. Yigirma yoshida Aleks dahshatli qirg‘indan omon qoldi - va bu fojia tufayli sirli tarzda dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birining talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nega u? Buning siri nimada? Nyu-Xeyvenda Aleksni qiynayotgan savollarga yangilari qo‘shiladi. Taqiqlangan sehrgarlik, maxfiy jamiyatlar, Chirmovuq ligasining yovuz elitasi... Yelning qadimiy, odobli devorlarida qanday dahshatli sirlar yashiringan?

