Devor chirog‘i «Shaftoli gullagan novda» – bu nafaqat yorug‘lik. Bu kayfiyat, shinamlik va nozik dekor bitta narsada.
Oddiy devorni san'at asariga aylantiring! Bu 96 ta issiq LEDlar bilan qoplangan egiluvchan novdali devor chirog‘i uyingizda sehrli kayfiyat yaratadi.
🌟 Asosiy afzalliklar:
- Noyob egiluvchan dizayn: Mustahkam va egiluvchan sim asos sizga o‘zingiz shakl yaratish imkonini beradi – novdani oynaning atrofiga, karavot boshiga yoki xohlagancha egishingiz mumkin.
- Yumshoq va xavfsiz yorug‘lik: 96 ta issiq oq rangdagi LEDlar kechki dam olish va tungi chiroq sifatida qulay, titramaydigan yorug‘likni ta'minlaydi. Bolalar ko‘zlari uchun xavfsiz.
- Universal va sodda: Standart USB orqali ishlaydi (adaptor komplektga kirmaydi). Rozetkaga, powerbank yoki hatto kompyuterga ulang. Murakkab montaj talab qilmaydi – faqat ilgaklarga (komplektga kirmaydi) osib qo‘ying.
- Har qanday xona uchun mukammal dekor: Yotoqxona (karavot yonida), mehmonxona (divan yoki TV ustida), oshxona, kirish xonasi, bolalar xonasi, balkon. Minimailizm, skandi, loft, zamonaviy uslublarga mos.
- Ko‘p funksionallik: Bu devor chirog‘i, tungi chiroq, fotozona, bayram dekoridir. Novdani sun'iy gullar yoki yangi yil bezaklari bilan xohlagan kayfiyatingizga ko‘ra bezang!
🎁 Maxsus kayfiyat yaratish uchun mukammal sovg‘a:
- Sevgililar kuni yoki yilligiga romantik syurpriz
- Ona, opa-singil, dugonaga 8-Martda ta'sirli sovg‘a
- Yangi uy yoki tug‘ilgan kunga shinam hadya
- To‘y (arka, fotozona) va yangi yil bayramlari uchun sehrli dekor
📦 Komplektatsiya va xususiyatlar:
- Egiluvchan asosdagi chiroq-novda (yoyilgan holda ~1.5-2 m)
- LEDlar soni: 96 dona
- Yorug‘lik rangi: Issiq oq
- Quvvat manbai: USB-kabel (uzunligi ~1.5-2 m)
- Kuchlanish: 5V
- Eslatma: USB-adapter (blok pitaniya) komplektga KIRMAYDI.
Interyeringizga tabiat, uyg‘unlik va nozik yorug‘lik qo‘shing!