"Va hech kim qolmadi" (And Then There Were None) romani boy tarixga ega bo‘lgan ajoyib detektiv asardir. Uning umumiy adadi 100 million nusxadan oshadi; kitob barcha davrlarning eng ko‘p sotilgan asarlari ro‘yxatida beshinchi, Agata Kristi romanlari orasida esa birinchi o‘rinni egallaydi.
Agata Kristi — adabiyot tarixida Shekspirdan keyingi eng mashhur muallif. Uning kitoblari adadi hatto Muqaddas Kitob (Bibliya) nusxalari sonidan ham oshib ketadi: asarlarining bir milliarddan ortiq nusxasi ingliz tilida, shuncha miqdordagisi esa boshqa tillarda nashr etilgan. U sakson yettita detektiv roman va hikoyalar to‘plami, yigirma ikkita memuar hamda (Meri Vestmakott taxallusi ostida chop etilgan) oltita psixologik roman yozgan.

