Silliq va go‘zal teri — ortiqcha og‘riqlar va ustor (бритва) jarohatlarisiz!
Eveline Cosmetics depilyatsiya kremlari uydan chiqmasdan turib, xuddi salondagidek mukammal natijaga erishish uchun yaratilgan. Ustor ishlatgandan keyin paydo bo‘ladigan qichishish, qizarish va tuklarning qalinlashib ketishi kabi muammolarni unuting. Krem tuklar ildiziga yaqin joydan nozik eritib oladi, natijada teringiz uzoq vaqt davomida silliq bo‘lib qoladi.
Terining turiga va ehtiyojingizga qarab o‘zingizga mosini tanlang:
- Eveline 9v1 (Ultra-nozik): O‘ta sezuvchan va allergiyaga moyil teri uchun ishlab chiqilgan. Tarkibidagi Q10+R yoshlik koenzimlari terini himoya qiladi, tinchlantiradi va quritib qo‘ymaydi.

- Eveline 8v1 (Ultra-tezkor): Atigi 3 daqiqa ichida eng qisqa va qattiq tuklarni ham samarali olib tashlaydi. Vaqtni tejaydiganlar uchun eng yaxshi tanlov.

- Eveline 3 daqiqalik (Aloe vera va Shaftoli): Ultra-tezkor formula. Aloe vera terini tinchlantirsa, shaftoli ekstrakti unga mayinlik va yoqimli ifor baxsh etadi.

- Eveline 3v1 (Ipak oqsillari va Aloe): Tana va yuz qismlaridagi nozik terilar uchun maxsus yaratilgan. Ipak oqsillari terini baxmaldek yumshoq qiladi.

Nima uchun aynan Eveline kremlarini tanlashadi?
- Tezkor natija: Effekt turi va teriga qarab 3 dan 7 daqiqagacha vaqt ichida tayyor bo‘ladi.
- Kompleks parvarish: Nafaqat tukni oladi, balki terini oziqlantiradi, yumshatadi va chuqur namlaydi.
- Tuklarni sekinlashtiradi: Muntazam qo‘llanganda tuklar ingichkalashadi va sekinroq o‘sadi.
Foydalanish tartibi
- Kremni toza va quruq teriga to‘plamdagi kurakcha (shpatel) yordamida tuklarni to‘liq qoplaydigan qilib surting (ishqalab yubormang).
- Kremni terida 3 daqiqadan 7 daqiqagacha qoldiring (kremlar turiga qarab: ultra-tezkorlari uchun 3 daqiqa, ultra-noziklari uchun 5-7 daqiqa kifoya). Krem terida 10 daqiqadan ko‘p qolmasligi kerak.
- Belgilangan vaqtdan so‘ng, kurakcha bilan kremni tuklar o‘sishiga qarshi yo‘nalishda tozalab oling.
- Terini sovun ishlatmasdan, iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang va sochiq bilan quriting.
Maslahat: Ishlatishdan oldin terining kichik bir qismida allergiya testi o‘tkazish tavsiya etiladi.