2012-yil 17-noyabrda ikki baliqchi Meksika qirg‘og‘idan noyob baliqlar va akulalarni ovlab, yaxshi daromad topish maqsadida yo‘lga chiqdi. Ular ortga qayta olmasliklarini xayollariga ham keltirmagan edilar.
Bu — iroda, jasorat va matonat haqidagi hikoya.
Salvador Xose Alvarenganing sarguzashti sir-sinoatlarga boy. Nima uchun u sakkiz yil davomida oilasi bilan aloqa qilmagan? Nima sababdan politsiyadan yashiringan? U taslim bo‘lmay, qanday qilib bunday safarni amalga oshira olgan? U yolg‘on va uydirma gapirishda ayblangan bo‘lsa-da, ko‘plab tekshiruvlar uning hikoyasi haqiqat ekanligini tasdiqladi. Alvarenganing bu safri unga shuhrat keltirdi va butun dunyoni hayratga soldi.

