Loran Gunel Fransiyadagi eng mashhur beshta belletristlar qatoriga kiradi. Uning yangi kitobi "Men yashashni o‘rgangan kun" deb nomlanadi. Tasavvur qiling, ajoyib kunlarning birida lo‘li ayol sizning kaftingizga qarab qo‘rqib jim bo‘lib qoldi. Qattiq iltimos qilganingizdan keyingina undan javob olasiz. Juda qo‘rqinchli eshitiladi: "Sen yaqinda o‘lasan." Gunel romanining qahramoni Jonatan uchun dunyo butunlay o‘zgaradi. Garchi shifokorlar unda hech qanday kasallik topmasalar-da, u bir necha hafta davomida okean qirg‘og‘idagi tog‘lar va tepaliklar orasida bo‘lishga qaror qiladi. U birinchi marta hech qayoqqa shoshilmayapti. Hayotning ma’nosi haqidagi abadiy savollarga javob izlab, Jonatan o‘z-o‘zi bilan qayta tanishadi. Uchrashuvlar, sayohatlar, sarguzashtlar va o‘z-o‘zini anglash uning hayot haqidagi tasavvurini ham, hayotning o‘zini ham tubdan o‘zgartiradi...

