Qadimiy va maxfiy birodarlik. Dahshatli yangi qirg‘in quroli. Tasavvurga sig‘maydigan nishon. Garvard universitetining dunyoga mashhur ramzshunosi Robert Lengdon Shveytsariyadagi ilmiy-tadqiqot markaziga sirli bir ramzni — o‘ldirilgan fizikning ko‘kragiga kuydirib tushirilgan belgini — tahlil qilish uchun chaqirilganida, u aqlga sig‘maydigan holatga duch keladi: yer yuzida mavjud bo‘lgan eng qudratli yashirin tashkilot — "Illuminati" (Yoritilganlar) deb nomlanuvchi qadimiy maxfiy birodarlikning qayta uyg‘onishi. Endilikda "Illuminati" o‘zining eng ashaddiy dushmani — Katolik cherkoviga qarshi qadimiy adovatining so‘nggi bosqichini amalga oshirish uchun maydonga chiqdi.

