• Taqdim etilgan kitoblarning hammasi O'ZBEK TILI, KIRILL ALIFBOSIDA hamda hammasi QATTIQ MUQOVALI!
• Sariq: "Den Braun eng sara asarlari- RAQAMLI QAL'A, DA VINCHI SIRLI KODI" - Qattiq muqova, Sahifalar soni 863
• Siyohrang: "Jek London eng sara asarlari MARTIN IDEN, OQ SO'YLOQ"- Qattiq muqova, Sahifalar soni 687
• Ko'k: "Artur Konan Doyl eng sara asarlari SHERLOK HOLMS SARGUZASHTLARI, YO'QOLGAN DUNYO, BASKERVILEYNING ITI" - Qattiq muqova, Sahifalar soni 623.
• Pushti: Luiza Xey eng sara asarlari O'Z HAYOTINGGA ISHON, O'ZINGNI O'ZING DAVOLA, ICHIMDAGI XAYOTBAXSH KUCHLAR"- Qattiq muqova, Sahifalar soni 268.
• Och sariq: "Axmad Lutfiy Qozonchi eng sara asarlari- O'GAY ONA, QAYNONA, SO'NGGI TO'FON" - Yumshoq muqova, Sahifalar soni 591.
• 🎁 Sovg‘a sifatida yaqinlaringizga hadya qilish uchun ajoyib tanlov
📘 Den Braun
Zamonaviy detektiv va sarguzasht janrining ustasi Den Braun o‘zining "Da Vinchi kody", "Inferno", "Angel va iblislar" kabi romanlari bilan o‘quvchini ilk betdan so‘nggisi bilan bog‘lab qo‘yadi. Sirli kodlar, tarixiy jumboqlar va Vatikan devorlari ortidagi sirlar bilan to‘la bu asarlar bilim, zukkolik va jiddiy fikrlashni talab qiladi. Ayniqsa, intellektual detektiv janrini sevuvchilar uchun ajoyib tanlov.

📗 Jek London
"Hayotga chanqoqlik", "Oq so‘yloq", "Martin Iden" kabi asarlari bilan tanilgan London inson va tabiat, iroda va ijtimoiy adolatsizlik o‘rtasidagi ziddiyatlarni juda teran tasvirlaydi. Ayniqsa, "Martin Iden" asari orqali har bir insonning orzu, kurash va ijodga bo‘lgan intilishini chuqur his qilasiz. Bu asarlar kuchli irodaga, mustahkam hayot falsafasiga ega bo‘lishni o‘rgatadi.

📙 Artur Konan Doyl
Buyuk detektiv Sherlok Holmsning yaratuvchisi bo‘lgan Konan Doyl inson tafakkurining eng nozik chiziqlarini ajoyib uslubda yoritgan. Uning asarlari — sirli jinoyatlar, aniqlik va mantiqiy tahlil maktabi. "Baskervillar itlari", "Sherlok Holmsning sarguzashtlari" kabi hikoyalar o‘quvchini izlanish va fikrlashga undaydi.

📕 Luiza Xey
"Hayotingizni o‘zgartirishning kaliti sizda", "Siz o‘zingizni sevishga haqlisiz" kabi motivatsion asarlar muallifi bo‘lgan Luiza Xey o‘z asarlarida o‘zini kechirish, o‘ziga mehr bilan qarash va sog‘lom fikrlash orqali inson hayotini tubdan o‘zgartirish mumkinligini o‘rgatadi. Ularning har bir sahifasi qalbni tinchlantiradi va ruhiy salomatlikni tiklaydi.

📒 Axmad Lutfiy Qozonchi
Islomiy tarixiy romanlar sohasida yetakchi yozuvchilardan biri. "Shaffof ko‘z yoshlar", "Faqat yolg‘on gapirma", "Men musulmonman" kabi asarlari orqali musulmon yoshlarga din, axloq, iymon va hayot haqidagi qadriyatlarni chuqur yetkazadi. Uning hikoyalari hayotiy voqealarga asoslangan, ibretli va qalbga o‘tadi.


