Biz gayerdan paydo bo'lganmiz?" "Kelajakda bizni nima kutmoqda?" Bu savollar olimlar va turli e'tigoddagilarning
bahslariga sabab bo'lgan. Professor Robert Lengdon o' shogirdi, yoshfuturolog Edmond Kirshning taklifi bilan Ispaniyaga boradi va uning taqdimotida ushbu savollarga javob berilishidan xabar topadi. Ammo u javobni eshitishga ulgurmaydi, hammasi chappasiga avlanib ketadi... Ilk bor o'zbek tilida tagdim etilayotgan ushbu asar gahramonlari din va fan o'rtasidagi azaliy bahs mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. Bu asar 2017 yil oktyabr oyida AQShda chop etilishiga qaramay, 2 oy ichida dunyoning 30dan ortiq tiliga tarjima gilindi va dunyo bestsellerlari sirasiga kirgan hisoblanadi.

«Da Vinchi siri», «Raqamli qalʼa», “Ibtido” kabi sir-sinoatlarga boy, fantastik romanlarning muallifi Den Braun hali yosh bo‘lishiga qaramay millionlab kitobxonlarning qalbidan joy olishga ulgurgan.
Muallifning ushbu «Farishtalar va iblislar» kitobi dunyo bo‘ylab millionlab nusxada chop etilgan va 50 ga yaqin tilga tarjima Ushbu kitob fantastik, detektiv va Ilmiy syujetga qilingan. asoslangan. Kitobni o‘qishni boshlashingiz bilan, shubhasiz, o‘zingizni asar qahramoni kabi his etasiz.
Xo‘sh, “CERN” tadqiqot va ixtirolar tashkiloti nima bilan shug‘ullanadi?
«Illyuminati» qanday tashkilot?
O‘rta asrlarda yashab o‘tgan Galiley, Rafael Santi, Kopernik kabi ilm-fan odamlarining bu tashkilotga qanday daxli bor? «Tuproq», “Havo”, “Suv”, “Olov” unsurlari bu tashkilot uchun nimani anglatadi?
Muallifning asosiy qahramoni Lengdon «Illyuminati» tashkilotini qanday aniqlaydi? Haqiqatan ham, bu tashkilot zamonaviy dunyo uchun xavflimi?
Antimateriya nima?
«Illyuminati» tashkiloti nega antimateriyaga qiziqib qoldi?
Bu tashkilotning asl maqsadi nima?
Bu savollarga kitobni o‘qish orqali javob topasiz. Marhamat, zavqlanib O‘qing!
ESLATMA!
Ushbu kitob badiiy to‘qimadir. Ismlar, qahramonlar, joylar va voqealar muallifning tasavvur mahsuli bo‘lib, haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Haqiqiy hayotda bo‘lgan voqealar, joy yoki odamlar bilan bo‘lgan har qanday o‘xshashlik mutlaqo tasodifdir.


