3000W kuchli quvvat — juda tez qiziydi va yuqori samaradorlik bilan dazmollaydi.- 270 g/min kuchli bug‘ zarbasi — eng qalin matolarni ham mukammal yozadi.
- Nano-keramik taglik — kiyimga yopishmaydi, silliq sirpanadi, iz qoldirmaydi.
- Doimiy bug‘ + Vertikal bug‘ — osilgan kiyimlarni (parda, ko‘ylak, kostyum) ham dazmollay oladi.
- 390 ml katta suv baki — uzoq vaqt davomida to‘xtamasdan ishlaydi.
- Anti-Calc tizimi — ohaktosh yig‘ilishini kamaytiradi, dazmolning umrini uzaytiradi.
- Self-Cleaning + Overheat Protection — o‘z-o‘zidan tozalanadi va qizib ketishdan himoya qiladi.
Uakeen Germany ZL-814B — 3000W quvvatli professional bug‘li dazmol.
Kuchli bug‘ uzatish tizimi, nano-keramik taglik va katta 390 ml suv baki yordamida har qanday matoni tez va sifatli dazmollaydi. Dazmolning 270 g/min gacha bo‘lgan bug‘ zarbasi qalin matolar, kataklar va buklamalarni bir urishda yumshatib yuboradi.
Modelda Anti-Calc tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, suvdagi ohaktoshni ushlab qoladi, natijada dazmol uzoq muddat xizmat qiladi. Self-Cleaning funksiyasi yordamida ichki kanallar o‘z-o‘zidan tozalanadi. Overheat Safety himoyasi qizib ketishning oldini oladi.
Termostat yordamida har xil matolar uchun mos haroratni aniq sozlash mumkin: ipak, paxta, shoyi, jun, denim va sintetik matolar. Ergonomik dastasi qo‘lni charchatmaydi, vazni balanslangan, sirpanmaydi.
1. Quruq dazmollash (Suvsiz)
- Saralash: Avval past haroratda dazmollanadigan (ipak, sintetika) kiyimlarni, keyin esa yuqori harorat talab qiladigan (paxta, zig‘ir) kiyimlarni dazmollang. Chunki dazmol tez qziydi, lekin sekin soviydi 🌡️.
- Tayyorlash: Dazmolni tik qilib qo‘ying va harorat tugmasini MIN (eng past) holatga keltiring.
- Yoqish: Shnurini tokka ulang 🔌. Agar ichida suv bo'lsa, bug' berish tugmasini OFF (o'chiq) holatiga qo'ying.
- Kutish: Chirog'i o'chgandan keyin dazmollashni boshlang ✅.
2. Bug‘li dazmollash (Suv bilan)
- Suv quyish: Maxsus idishiga suv to'ldiring 💧.
- Harorat: Bug' funksiyasi ishlashi uchun harorat tugmasini albatta MAX (eng yuqori) darajaga qo'ying. Agar harorat past bo'lsa, dazmol tagidan suv tomchilari oqib tushadi ⚠️.
- Bug‘ni sozlash: Chiroq o'chgach, bug' tugmasini soat miliga teskari aylantirib, bug' miqdorini ko'paytirishingiz mumkin 💨.
⚠️ Diqqat, taqiqlanadi:
Sintetika, neylon va ipak kabi nozik matolarni bug' bilan dazmollamang! Bu matoning yuzasini kuydirib, unga zarar yetkazadi ❌.
💨 Kuchli bug‘ berish (Burst of Steam)
Bu funksiya qattiq bujmaygan joylarni tekislash uchun kerak.
- Sozlash: Haroratni MAX (maksimal) darajaga qo‘ying va chiroq o‘chishini kuting.
- Ishlatish: Bug‘ tugmasini bosing. Har bir bosish orasida 3-5 soniya tanaffus qiling.
- Diqqat: Suv oqib ketmasligi uchun tugmani ketma-ket 5 soniyadan ko‘p bosib turmang.
💦 Suv purkash (Spraying)
- Idishga suv to‘ldiring va purkash tugmasini bosing.
- Bu funksiya ham quruq, ham bug‘li dazmollash rejimida ishlayveradi.
✨ O‘z-o‘zini tozalash (Self-cleaning)
Dazmolni quyqa va kirlardan tozalash uchun oyiga kamida bir marta bajaring:
- Idishni yarmigacha suv bilan to‘ldiring va bug‘ni o‘chiring (No Steam).
- Haroratni MAXga qo‘yib, chiroq o‘chishini kuting.
- Dazmolni tokdan sug‘urib, rakovina (chanoq) ustida gorizontal tuting.
- Tugmani "Self-Clean" holatiga suring va dazmolni sekin silkiting. Teshiklardan qaynoq suv va bug‘ kirlarni yuvib chiqaradi.
- Suv tugagach, tugmani "O" holatiga qaytaring.
- Dazmolni yana tokka ulab qizdiring va tagidagi qolgan suvlarni toza matoga surtib quriting.
💧 Tomchiga qarshi tizim (Anti Drip)
- Dazmol ichidagi maxsus tizim harorat juda pasayib ketganda bug‘ni avtomatik yopadi. Bu dazmol tagidan suv tomchilashi va kiyimda dog‘ qolishining oldini oladi.
Uakeen — ishonch, quvvat va qulaylikni birlashtirgan zamonaviy bug‘li dazmol.