Dars kuzatuvi va tahlili daftari ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini kuzatish, baholash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu daftar dars jarayonining sifati, o‘qituvchining pedagogik faoliyati hamda o‘quvchilarning faolligini qayd etishga yordam beradi. Maktablar, akademik litseylar, kollejlar va boshqa ta’lim muassasalari uchun mos bo‘lib, metodik ishlarni tashkil etish va ta’lim sifatini nazorat qilishda qulay vosita hisoblanadi. Mustahkam muqova va sifatli qog‘ozdan tayyorlangan.

