Damas avtomobili uchun maxsus ishlab chiqilgan metal ruchkalar to‘plami. Yuqori sifatli metall materialdan tayyorlangan bo‘lib, kundalik foydalanishda sinmaydi, egilmaydi va uzoq muddat xizmat qiladi. Salon ichki ko‘rinishini yanada zamonaviy va chiroyli qiladi.
Ruchkalar zavod o‘lchamlariga mos bo‘lib, qo‘shimcha o‘zgartirishsiz oson o‘rnatiladi. Mahsulot 1 juft (2 dona) holatda yetkazib beriladi. Mustahkamligi, ishonchliligi va qulayligi bilan ajralib turadi.

