!!! Paketda maxsus zip yopgich mavjud. ochib ishlatilgach qolgan plastirlar qurib qolmasligi uchun qadoqni maxkam yopib qoying.
Qisqa tavsif (Highlights)
- Tezkor va uzoq muddatli ta'sir: Bo'g'im va mushaklardagi og'riqlarni bir necha daqiqada yengillashtiradi.
- 100% Tabiiy va xavfsiz tarkib: Mentol, timol, kampor va evkalipt moylari majmuasi.
- Muzlatuvchi va tinchlantiruvchi samara: Charchoqni oladi, qotib qolgan yelka va bo'yin sohasini yumshatadi.
- Suvga chidamli va qulay: Teriga yoqimli yopishadi, harakatlanishga xalaqit bermaydi.
- Original Koreya sifati: Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan professional vosita.
Batafsil tavsif (Description)
DAEIL Sip Cool Cataplasma — bu mushak, bo'g'im va asab (nevralgiya) og'riqlariga qarshi tezkor yordam beruvchi gidrogelli plaster-kataplazmadir. Maxsus sovutuvchi formulasi tufayli jarohatlar, lat yeyish va buralishlarda shishlarni tezda qaytaradi. uning boshqa plasterlardan farqi quyidagilar:
1. Oddiy plaster emas, bu — "Kataplazma" (Hydrogel Technology)
- Farqi: Oddiy plasterlar yupqa matoga dori surtilgan quruq lenta bo'lib, terini tortishadi va tezda qurigani uchun effekti qisqa bo'ladi.
- Ustunligi: Sip Cool — bu kataplazma, ya'ni qalin gidrogelli yostiqchadir. Dori moddalari gidrogel ichiga joylashtirilgan. U teriga yopishganda o'zidan namlik va dorini uzoq vaqt davomida bir tekisda chiqaradi. Terini quritmaydi va qichishish bermaydi.
2. Transdermal yetkazib berish tizimi (TDDS)
- Ustunligi: Tarkibidagi faol moddalar shunchaki terining ustida qolib ketmaydi. Maxsus Koreya texnologiyasi tufayli dorivor komponentlar terining chuqur qatlamlarigacha (mushak va bog'lamlar tutashgan joygacha) kirib boradi. Bu tabletka yoki ukol kabi tez, lekin oshqozonga zarar yetkazmasdan ta'sir qiladi deganidir.
3. Ikki karra kuchli ta'sir: Fizioterapiya + Farmakologiya
- Muzlatish effekti (Cryotherapy): Yopishgan zahoti jarohatlangan joydagi qon tomirlarini toraytirib, shish (otyoq) va o'tkir og'riqni zudlik bilan bloklaydi.
- Tarkib boyligi: Oddiy plasterlarda faqat mentol bo'lsa, bunda Mentol + Timol + Kampor + Evkalipt va Yalpiz moylari sinergiyada ishlaydi. Ular bir-birining ta'sirini kuchaytiradi.
4. Dermatologik xavfsizlik va Premium material
- Farqi: Arzon plasterlarni ko'chirganda terini yulib oladi, tana teshikchalarini berkitib qo'ygani uchun teri dimlanib, qizarib ketadi.
- Ustunligi: Sip Cool gipoallergen materialdan tayyorlangan, teri nafas oladi. Ko'chirganda og'riq bermaydi va terida yopishqoq kley izlarini qoldirmaydi.
- Koreya tibbiyoti standarti: DAEIL — Janubiy Koreyada jarohat va og'riqlarni davolash bo'yicha yetakchi professional brend hisoblanadi.
- Tezkor natija: Tarkibidagi timol va evkalipt kombinatsiyasi og'riqni shunchaki chalg'itmaydi, balki yallig'lanish o'chog'iga ta'sir qiladi. Terini kuydirmaydi, aksincha yoqimli sovutadi.
Qo'llanilishi:
- Mushak va bo'g'im og'riqlari
- Yelka, bo'yin va bel qotib qolishi (spazmlar)
- Nevralgiya va radikulit alomatlari
- Lat yeyish, buralish va sport jarohatlari
- plastirni ehtiyojga qarab bo'lib ishlatish mumkin, Koreya tomonidan dori vositasi sifatida ro'yhatdan o'tgan.