Bino va inshootlar, turg'un va noqulay ob-havo sharoitlariga chidamli uylar qurish uchun mo'ljallangan yuqori zichlikdagi gazobeton bloklar.
Afzalliklari:
- Yuqori issiqlik izolyatsiyasi: Qishda uyingizni issiq, yozda esa salqin tutadi, isitish xarajatlarini tejaydi.
- Aniq geometriya: Bloklarning tekis yuzasi ularni maxsus yelim (kley) yordamida minimum chok bilan terish imkonini beradi.
- Yengillik: Poydevorga tushadigan og'irlikni kamaytiradi va montaj ishlarini tezlashtiradi.
- Yong'inga chidamlilik: Mutlaqo yonmaydigan va xavfsiz ekologik material.
- Ovoz o'tkazmaslik: Shovqinni samarali to'sadi va xonadonda tinchlikni ta'minlaydi.
Xususiyatlari:
- Turi: Avtoklavli gazobeton (oq)
- Zichligi: D500 / D600
- Qo'llanilishi: Tashqi devorlar, ichki to'siqlar (peregorodka) va imoratlar uchun.