Ushbu to‘plam ichida 5 ta spiral va 1 ta metall taglik mavjud bo‘lib, foydalanish uchun juda qulay. Har bir spiral uzoq vaqt davomida yonib, taxminan 80 soatgacha uzluksiz himoya ta’minlaydi. Bu esa ayniqsa yoz mavsumida, kechki paytlarda yoki tabiat qo‘ynida dam olayotganda juda foydali.
Mosquitoff spirali nafaqat yopiq joylarda, balki ochiq havoda ham samarali ishlaydi. Uy, bog‘, balkon, dala hovli, piknik va sayohatlarda ishlatish uchun tanlov hisoblanadi. Yengil va ixcham qadoqlangani sababli olib yurish ham qulay.Foydalanish juda oson: spiralni metall taglikka o‘rnatib, uchini yoqasiz va u asta-sekin yonib, chivinlardan himoya qiladi. Tejamkor va qulay bo‘lgani uchun kundalik foydalanishda juda foydali.

