• 📌 Muqovasi: Qattiq
• 📌 Nashr yili: 2022
• 📌 Muallif: Ali Jobir Fayfiy
• 📌 Sahifalar soni: 235/240
🌙📖 Ushbu kitoblar Alloh taoloning go‘zal ism va sifatlari chuqur ma’no hamda ta’sirchan uslubda bayon qilingan. Har bir ism orqali inson qalbida yashashga bo‘lgan shavq uyg‘onadi, dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi go‘zal fikrlar, hikmatlar va ibratli hikoyalar keltiriladi ✨🤍
💭 Asar o‘quvchini Allohning cheksiz rahmati, qudrati va hikmatini anglashga chorlaydi. Kitobdagi mulohazalar inson qalbini poklab, imonni mustahkamlashga va ruhiy xotirjamlik topishga yordam beradi 🌿.
📚 Muallif Alloh taoloning buyukligi hamda Zotiga xos sifatlarni sodda va ta’sirchan tarzda tushuntirib, banda bilan Robbi o‘rtasidagi yaqinlik hissini kuchaytirishga intiladi. Har bir sahifada qalbni o‘ylantiradigan hikmat va ruhiy tarbiya mujassam 💫.
✨ Ushbu risola Allohga yanada yaqinlashish, Unga muhabbat va qurbat hosil qilish yo‘lida muhim ma’naviy qo‘llanma bo‘la oladi. Kitob qalbiga nur, hayotiga ma’no va ruhiga taskin izlagan har bir kitobxon uchun foydali manba hisoblanadi 🌸📖

