Chinni choy to‘plami — har bir choy ichish lahzasiga nafislik bag‘ishlaydi!
6 kishilik choy servisi 12 qismdan iborat bo‘lib, 6 ta chinni chashka va 6 ta likopchani o‘z ichiga oladi. Oq rangdagi nafis chinni idishlar yashil barglar va mayda gulli naqshlar bilan bezatilgan.
Chashkalarning to‘lqinsimon chetlari, nozik bezaklari va qulay tutqichlari ularga klassik ko‘rinish beradi. Har bir chashkaga mos likopcha dasturxonni chiroyli bezatadi.
Ushbu choy to‘plami kundalik choy ichish, oilaviy suhbatlar, mehmon kutish va bayram dasturxoni uchun mos. Chinni chashka va likopchalar to‘plami klassik hamda zamonaviy oshxona interyeriga uyg‘unlashadi.
Gulli choy servizi tug‘ilgan kun, to‘y, yangi uy yoki boshqa bayramlarda yaqinlaringizga sovg‘a sifatida ham tanlanishi mumkin.
Oq chinni idishlar, nafis gul naqshlari va 6 kishilik komplektatsiya mahsulotni dasturxon servirovkasi uchun amaliy va chiroyli tanlovga aylantiradi.

