Kichkina Jeff Pirs urushdan keyingi Liverpulning qashshoq mahallalarida ulg‘aydi. Uning otasi badavlat janobdek hayot kechirar, onasi esa ochlikdan aziyat chekayotgan farzandlarini boqish uchun non o‘g‘irlashga majbur bo‘lardi. Hayot og‘ir kechardi; Jeff yurishni o‘rgangan paytidayoq uylarni birma-bir aylanib, boylardan eski-tuski latta-puttalarni so‘rab olishni va ularni bozorda sotishni o‘rgandi.

