Qiyomat, Qiyomat, Sarvqomat dilbarim, Oq kema, Alvido gulsari, Jamila, Asrni qaritgan kun
📌Muallif: Chingiz Aytmatov
📌Mavzu: Inson, tabiat, sevgi, orzu, jamiyat va hayot falsafasi
📌Yozuv: Lotincha
📌 Qisqacha ma'lumot
Chingiz Aytmatov – o‘z ijodi bilan nafaqat o‘zbek va qozoq xalqlarining, balki butun jahon adabiyotining faxriga aylangan yozuvchi.
“Qiyomat”-Eng chuqur falsafiy romanlardan biri. Asarda insoniyatning tabiat va jamiyat bilan munosabati, zulm va adolatsizlik oqibatlari, kelajak oldidagi xavf-xatarlar mushohada qilinadi. “Qiyomat” — inson va butun dunyo uchun ogohlantiruvchi hayqiriq sifatida yaratilgan roman.
"Oq kema" - Chinakam o'quvchi kitobni qo'liga olgach, o'zini kashf etad o'zidagi yashirin iste'dodni - hamdardlik, odamiylik iste'dodin yuzaga chiqaradi. Agar ba'zi-ba'zida shu hol yuz beradigan bo'lsa demak, kitob o'z ishini bajaribdi - boshqalarning fikri, tuyg'usi orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u oʻquvchilarning intilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi - xalq, hayot va dunyom yaxshi tomonga siljita biladi.
Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuyg'ularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob san'at asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan 10 ta adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo erta o'qiladigan asarlar emas ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda o'qishsa ham, xuddi o'sha vaqtning o'zida bitilgandek o'qiladi. Yozuvchining bir gapi bor < 📌 Kitoblarni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

