Jamila, Qiyomat, Asrni qaritgan kun, Kassandra tamg‘asi, Erta qaytgan turnalar, Bolaligim
📌Muallif: Chingiz Aytmatov
📌Mavzu: Inson, tabiat, sevgi, orzu, jamiyat va hayot falsafasi
📌Yozuv: Kirillcha
📌Nashr yili: 2019 yil
📌 Qisqacha ma'lumot
Chingiz Aytmatov – o‘z ijodi bilan nafaqat o‘zbek va qozoq xalqlarining, balki butun jahon adabiyotining faxriga aylangan yozuvchi.
Uning “Jamila”, “Erta qaytgan turnalar”, “Kassandra tamg‘asi”, “Asrni qaritgan kun” va “Qiyomat” kabi mashhur asarlari inson qalbi, muhabbat, orzu-intilishlar, ijtimoiy muammolar va hayot sinovlarini chuqur falsafiy ma’noda tasvirlaydi.
“Jamila”-Dunyoga mashhur sevgi qissasi. Asarda Jamila ismli ayolning oddiy dehqon yigitga bo‘lgan samimiy va pok muhabbati tasvirlanadi. Jamiyatning e’tirozlariga qaramay, u o‘z muhabbatini himoya qiladi. Qissa insoniy jasorat, sof his-tuyg‘ular va erkinlikka intilish haqida hikoya qiladi.
“Erta qaytgan turnalar”-Urush yillari fonida bolalik taqdirini aks ettiruvchi ta’sirli hikoya. Asarda urush bolalarning hayotini qanday ostin-ustun qilishi, ularning orzularini yarim yo‘lda so‘ndirishi achchiq realizmda tasvirlanadi. Turnalar esa — yo‘qotilgan bolalik, armon va kelajak umidining ramzi sifatida talqin etiladi.
“Kassandra tamg‘asi”-Ilm-fan, bashorat va insoniyat kelajagi haqida falsafiy roman. Unda insoniyatning texnologiya va taraqqiyot sari tanlagan yo‘li ertangi taqdirini qanday shakllantirishi yoritiladi. Kassandraning obrazi — ogohlantiruvchi ovoz, biroq odamlar bu ovozni eshitishni istamaydilar.
“Asrni qaritgan kun”-Oddiy bir insonning hayoti va xotiralari orqali butun bir asr taqdiri, uning fojealari va yirik voqealari aks ettiriladi. Eski temiryo‘l bo‘ylab safar qilayotgan qariya hikoyasi vaqt, xotira va insoniy qadriyatlar haqida chuqur falsafiy mushohadalarga chorlaydi.
“Qiyomat”-Eng chuqur falsafiy romanlardan biri. Asarda insoniyatning tabiat va jamiyat bilan munosabati, zulm va adolatsizlik oqibatlari, kelajak oldidagi xavf-xatarlar mushohada qilinadi. “Qiyomat” — inson va butun dunyo uchun ogohlantiruvchi hayqiriq sifatida yaratilgan roman.
“Bolaligim” – turk qavmining atoqli qoyasi Chingiz Aytmatov ijodini oʻrgangan olmon olimasi bilan boʻlgan davomli suhbat – muloqotlar natijasida qogʻozga tushgan. Asar ilk marta olmon, soʻngra turk va qirgʻiz tillarida chop etilgan. Mazkur kitob mutolaasi davomida Chingiz Aytmatov bilan boʻlgan suhbatlar zavqi sizga ham koʻtarinki kayfiyat bagʻishlasa, ajab emas.
"Oq kema" - Chinakam o'quvchi kitobni qo'liga olgach, o'zini kashf etad o'zidagi yashirin iste'dodni - hamdardlik, odamiylik iste'dodin yuzaga chiqaradi. Agar ba'zi-ba'zida shu hol yuz beradigan bo'lsa demak, kitob o'z ishini bajaribdi - boshqalarning fikri, tuyg'usi orzusi va xatti-harakatiga aylanibdi. Demak, u oʻquvchilarning intilish va irodasi bilan nimalardir qila oladi - xalq, hayot va dunyom yaxshi tomonga siljita biladi.
Haqiqatdan ham Chingiz Aytmatov inson tuyg'ularini zabt eta olgan yozuvchi. Uning har bir kitobi noyob san'at asari. Shuning uchun ham ijodkor dunyoning sevib oʻqiladigan 10 ta adiblaridan biridir. Uning yozganlari bugun yo erta o'qiladigan asarlar emas ular asriy asarlar, ularni qaysi zamonda o'qishsa ham, xuddi o'sha vaqtning o'zida bitilgandek o'qiladi. Yozuvchining bir gapi bor < 📌 Kitoblarni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

