«Turkiy dunyo Alisher Navoiydan qariyb 500 yil keyin adabiyot cho‘qqisiga Chingiz Aytmatovni olib chiqdi», degan fikrni bugun biror bir adabiyot ixlosmandi inkor etmaydi.
Asarlari dunyoning 180 tiliga tarjima qilingan va turli millat vakillarini insonni ulug‘lashga chorlovchi qadriyattlar atrofida birlashtirgan yozuvchi ijodiga kitobxon xalqi qayta va qayta murojaat qilaveradi.
E’tiboringizga havola etilayotgan navbatdagi kitobga biz adibning «Erta qaytgan turnalar», «O‘tar qush nolalari», «Hayot-mamot» hikoyalarini jamladik.
Asarlardagi qahramonlar taqdiri bir-biridan chigal, bir-biridan ziddiyatli, ayni vaqtda kitobxon bularning hech qaysisiga befarq qarolmaydi.
Jahon kitobxonlarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan asarlar mutolaasiga qalbingizda yangi dunyolarni ochishiga ishonchimiz komil
Betlar soni-288
Muqovasi Qattiq
Chingiz Aytmatov hayotining oxirgi yillarida «Qulayotgan tog‘lar» «Mangu qayliq» deb atalgan romanini yozdi. Unda bozor iqtisodiga o‘tayotgan, shiddat bilan globallashuv jarayonlariga kirib borayotgan hozirgi dunyoning maʼnaviy-iqtisodiy muammolarini Qirg‘iziston, Markaziy Osiyo voqeligi, odamlar taqdiri, turmushi, ongida ro‘y berayotgan keskin, og‘riqli o‘zgarishlarga chambarchas holda yoritdi. Tabiat, jamiyat, inson taqdirida yuz berayotgan rang-barang hodisalarni butun fojialari bilan birga yaxlit tasvirladi. Asar buyuk adib va donishmandning avlodlarga so‘nggi vasiyatidek o‘qiladi. Zullisonayn adib bu romanini rus tilida yozdi. U 2007 yilda Peterburgda nashr etildi. O‘zbek tiliga shu nashrdan tarjima qilindi.
Betlar soni-240
Muqovasi Qattiq
Qiyomat
Betlar soni-366
Muqovasi Qattiq
Oq kema
Betlar soni-158
Muqovasi Qattiq
Betlar soni-341
Muqovasi Qattiq

