Chingiz Aytmatovning ushbu beshta kitobi jahon adabiyotidagi eng muhim asarlardan hisoblanadi. Har bir asar inson va tabiat, sevgi, axloq, ijtimoiy ziddiyatlar va ma’naviy izlanishlar kabi chuqur mavzularni o‘ziga xos uslubda yoritadi. Adibning ravon tili, falsafiy mulohazalari va hayotiy obrazlari kitobxonlarni o‘ziga jalb qiladi. Qiyomat : 368 sahifali falsafiy roman bo‘lib, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikning buzilishi, ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg‘on kurashi tasvirlanadi. Bo‘rilar Akbara va Toshchaynar orqali tabiatning inson jaholatidan aziyat chekishi yoritiladi. Sohil bo‘ylab chopayotgan Olapar : 96 sahifali qissa yer yuzini suv bosgan zamonlarda nivxlarning hayot-mamot olishuvini tasvirlaydi. Cheksiz ummondagi dahshatli zulmatda qolgan qahramonlarning taqdiri o‘quvchini chuqur mulohazaga chorlaydi. Kassandra tamgasi : 240 sahifali falsafiy roman shafqatsizlik va yovuzlikning kelajakdagi daushatli oqibatlarini kosmik miqyosda bashorat qiladi. Insoniyatning o‘z xatolaridan saboq olishi zarurligi ta’kidlanadi. Bo‘tako‘z : 144 sahifali qissa mehnat va muhabbat ziddiyatini Abubakir, Kamol va Qalipa obrazlari orqali ko‘rsatadi. Xudbinlik va nekbinlik, yolg‘on va haqiqat kurashi o‘quvchiga savollar uyg‘otadi. Jamila : 352 sahifali qissalar to‘plami “Jamila”, “Alvido, Gulsari!”, “Somon yo‘li” va boshqa asarlarni o‘z ichiga oladi. Urush, sevgi va yangi hayot sari intilish kabi mavzular teran tasvirlanadi. Ofset qog‘ozida chop etilgan, yumshoq muqovali va 84x108 1/32 formatidagi bu nashrlar o‘quvchilarga qulaylik va estetik zavq bag‘ishlaydi. “Ilm-ziyo-zakovat” va “Yoshlar matbuoti” nashriyotlari tomonidan nashr etilgan ushbu asarlar yoshlar, adabiyotshunoslar va falsafaga qiziqqanlar uchun muhim manbadir.

